arrow-up
Roulette77

Free

online

Support UkraineSupport Ukraine

Ruletka qoidalari: qadam-baqadam ko‘rsatma

Ruletka bo‘yicha qo‘llanma yangi o‘yinchilarga o‘rgatish va o‘yin haqida ular bilishi kerak bo‘lgan hamma narsani aniqlashga yordam berishga mo‘ljallangan. Ushbu o‘rinda, bizning ruletka bo‘yicha qo‘llanmamizda o‘yin qoidalariga, sozlamalariga, ehtimoliy natijalariga batafsil e’tibor qaratiladi. Biz har xil tikish turlarini, shuningdek, o‘yinning mavjud mashhur versiyalarini qamrab oldik. Siz bizning ruletka bo‘yicha qo‘llanmamizga bir marta qarash orqali ruletka o‘yini odatda qanday o‘ynalishi haqida ko‘p narsani bilib olishingiz, shuningdek, o‘yin haqida bilmoqchi bo‘lgan hamma narsangizni o‘rganishingiz mumkin.

How to play Roulette77
Step 1
qadam 1: O‘z tikishingizni amalga oshiring

Ruletka o‘yinini boshlash uchun amalga oshirishingiz kerak bo‘lgan ish bu tikish hajmi haqida qaror qabul qilish hisoblanadi. Ammo buni amalga oshirishdan oldin fishkalar bilan tanishib chiqishingiz kerak. Har bir ruletka o‘yini noyob va fishka qiymatlari turlicha ko‘rsatiladi, lekin VIP ruletkasini istisno etganda, ular odatda 1 va 100 qiymatlari oralig‘ida bo‘ladi. Fishkalaringiz qiymatini tanlaganingizdan so‘ng, siz ko‘proq yoki kamroq fishka joylashtirish orqali tikish hajmini sozlashingiz mumkin. Tikishingizni yakunlashingiz bilanoq diler g‘ildirakni aylantiradi.

Tikishni tanlang
Tavsif

Bevosita tikish – ushbu tikish turida ruletka stolidagi bitta raqam uchun tikish amalga oshiriladi.

Ustunlar - Siz mavjud ustunlardan birini tanlaysiz va unga pul tikasiz.

Juft tikish – ushbu tikish ikkalasini qoplash uchun ikkita alohida raqamga joylashtiriladi.

O‘n ikkilik – o‘n ikkita raqamga tikish.

Ko‘cha tikish – ushbu tikish ketma-ket kelgan uchta raqamga joylashtiriladi va uchta raqamning birortasi g‘ildirakda ko‘rinsa, tikish yutuqli hisoblanadi.

Toq / Juft – Toq / Juft tikish turida toq (1, 3, 5) yoki juft (2, 4, 6) raqamlarga tikish joylashtiriladi.

Burchak tikish – agar siz burchakga tiksangiz, unda siz bir paytning o‘zida 4 ta raqamga pul tikasiz.

Qizil / Qora – Qizil yoki qora raqamlarga joylashtiriladigan tikish. Tikish qanday qiymatda bo‘lishi muhim emas, asosiysi to‘g‘ri rangni tanlash hisoblanadi.

Chiziq – ushbu tikish turi har birida uchta chiziqdan iborat ikkita qatorni qoplash imkonini beradi.

Yuqori / Quyi – Yuqori yoki quyi tikishda siz mos ravishda yuqori va quyi deb hisoblanadigan 1-18 gacha bo‘lgan raqamlarga yoki 13-36 gacha bo‘lgan raqamlarga tikishni joylashtirasiz.

Step 2
qadam 2: Diler g‘ildirakni aylantiradi

Barcha tikishlar joylashtirilgach, keyingi qadam diler tomonidan g‘ildirakning aylantirilishi bo‘ladi. O‘yinchilar dilerni tinglab turishlari kerak, chunki u tikishlarni qo‘yib bo‘lmasligini e’lon qiladi va siz uchun aylanish natijasini kutishingiz kerak bo‘ladi.

Step 3
qadam 3: Natijalarni olish va tushunish

Ruletka o‘ynayotganingizda kutishingiz mumkin bo‘lgan turli xil natijalar mavjud. Siz ko‘p hollarda yutishingiz ham yoki yutqazishingiz ham mumkin. Diler yoki avtomatlashtirilgan o‘yin dasturining har biri natija mavjud bo‘lganda e’lon qiladi. Ba’zi o‘yinlar biroz farq qiladigan natijalarini taqdim etadi. Biz ularga biroz to‘xtalib o‘tamiz.

Qisqacha aytganda, tikishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yutish yoki yutqazishdan tashqari, siz faqat o‘yinning ma’lum versiyalarida mavjud bo‘lgan uchinchi natijaga ham ega bo‘lishingiz mumkin. Ruletka o‘yini bankrolingizdan butunlay foydalanib bo‘lganingizda yoki o‘yin siz uchun qiziqarli bo‘lmay qolganda va tanaffus qilishni xohlaganingizda tugaydi.

Ruletka variantlari: O‘yinning qanday turlari mavjud?

Amerikacha roulette
Wheel American Roulette
Numbers American Roulette
Yevropacha roulette
Wheel European Roulette
Numbers European Roulette
Fransuz ruletka
Wheel French Roulette
Numbers French Roulette

O‘yinning uchta asosiy versiyasi mavjud va ularning har biri sizni darhol o‘ziga jalb etish uchun yetarli darajada qiziqarli hisoblanadi. Biroq, biz siz aniq bilishingiz kerak bo‘lgan, o‘yinning har qanday yangi versiyasining asosiy arxetiplari bo‘lgan turlarini ko‘rib chiqamiz.

  • Ularning birinchisi Yevropa ruletkasi. Bu o‘yinda bitta nol bor va u o‘yinning yaratilagan barcha yangi versiyalari asoslanadigan klassik versiyasi deb hisoblanadi.
  • Amerika ruletkasi ikkita nolga ega bo‘lishi bilan biroz farq qiladigan o‘yin. Bu nafaqat kazinoning imkoniyatlarini oshiradi, balki yangi turdagi tikish turlarini joylashtirish imkonini yaratadi
  • Va nihoyat, siz uchun Fransuz ruletka deb nomlanuvchi o‘yin ham mavjud bo‘lib, u sinab ko‘rish uchun fantastik versiya hisoblanadi. Bu yerda “La Partage” qoidasi amal qiladi, agar shar 0 ga tushib qolsa va siz juf/to‘q tikish turini amalga oshirgan bo‘lsangiz, tikishingiz yarmi qaytariladi. “En Prison” qoidasi xuddi shu tarzda ishlaydi, faqat bu safar siz pulingizning faqat yarmini emas, balki tikishingizning butun qiymatiga ega chiqasiz. “La Partage” qoidasi fransuz ruletkasi uchun odatiy holdir, ammo “En Prison” qoidasi uchun boshqalarni qarab chiqishingiz kerak bo‘lishi mumkin.

FAQs

Diler aylantirish natijalariga ta’sir ko‘rsata oladimi?

Yo‘q, jonli diler qanday natijalar kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bunga aniq o‘rnatilgan tezlikda aylanadigan va har bir aylanishning butunlay tasodifiy natijalar ko‘rsatishiga imkon beradigan mukammal nosimmetrik g‘ildiraklar yaratish orqali erishiladi. Biror kishining ruletka aylanishi natijasini boshqarishga umuman imkoniyati mavjud emas.

Nechta raqamga pul tikish kerak?

Pul tikishingiz kerak bo‘lgan aniq raqamlar miqdori mavjud emas. O‘yinchilar o‘zlarining strategiyasiga mos keladigan darajada ko‘p tikishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Hech bir kazinoda pul tikishingiz mumkin bo‘lgan aniq raqamlar miqdori uchun cheklov mavjud emas, lekin siz garov hajmi bo‘yicha ba'zi bir stol cheklovlariga duch kelishingiz mumkin.

Agar juda ko‘p g‘alaba qozongan bo‘lsangiz, kazino sizni alday oladimi?

Yo‘q, obro‘li kazino hech qachon o‘z mijozlarini aldamaydi. Biroq, kazino aldovi qurboni bo‘lmasligingiz uchun faqat tavsiya etilgan va litsenziyalangan kazinolarda o‘ynashingiz tavsiya etiladi.

Agar siz faqat qizil yoki qora rangga pul tiksangiz nima bo‘ladi?

Ba’zi kazinolar sizdan bu harakatni to‘xtatishingizni iltimos qilishi mumkin, chunki ular siz murakkab strategiyadan foydalanayapsiz deb shubhalanadilar. Eng muhimi, harakatlaringizni hech qachon tez-tez takrorlamang va shunchaki vaqti-vaqti bilan ba’zi strategiyalarni o‘zgartiring. Albatta, kazino qanchalik yaxshi bo‘lsa, bunday vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimoli kamroq bo‘ladi.

Maxsus tikish cheklovlari mavjudmi?

Ha, har bir ruletka stoli o‘ziga xos cheklovlarga ega. Bu har bir ruletka o‘yinlari uchun cheklovlarni belgilaydigan kazino tomonidan belgilanadi. Ularning ba’zilari pastroq, boshqalari esa biroz yuqoriroq bo‘ladi. Ular qanday bo‘lmasin, yodda tutishingiz kerak bo‘lgan cheklovlar mavjud.